» » Buxorodagi yangi “Kitob olami” majmuasi ikkita kinozal ochishni rejalashtirmoqda

Buxorodagi yangi “Kitob olami” majmuasi ikkita kinozal ochishni rejalashtirmoqda


Buxoro shahrida “Kitob olami” majmuasi ish boshladi. O‘zA xabariga ko‘ra, unda Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ijodkorlar, noshirlar, yoshlar, OAV xodimlari ishtirok etdi.

“Kitob olami”da O‘zbekiston nashriyotlarida chop etilgan ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ommabop, badiiy kitoblar, darsliklar sotuvi yo‘lga qo‘yilgan, kitobxonlar uchun qator qulayliklar yaratilgan.

Kitoblarni mamlakatimizdagi 118 matbaa korxonasidan shartnoma asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri olamiz. Bu kitobxonlar ehtiyojini o‘z vaqtida ta’minlash, matbaa mahsulotlari narxi oshib ketishining oldini olishga xizmat qiladi.

E’zoz Bobomurodov, “Buxoro kitob olami” kompaniyasi rahbari

Kitob savdosi loyihasining amalga oshirilishi natijasida 15 yangi ish o‘rni yaratildi.

Yil oxiriga qadar majmuaning yuqori va quyi qavatlarida ikkita kinozal ishga tushirilishi, xizmat faoliyati doirasining kengaytirilishi hisobiga qo‘shimcha 30 yangi ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (29-07-2017, 20:42)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют