» » Putin davlatga xiyonatda ayblangan ikki ayolni avf etdi. Ular Gruziyadagi tanishlariga SMS yozgani uchun qamalgan edi

Putin davlatga xiyonatda ayblangan ikki ayolni avf etdi. Ular Gruziyadagi tanishlariga SMS yozgani uchun qamalgan edi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlatga xiyonat ishi bo‘yicha sudlangan ikki ayol — Marina Janjgava va Annik Kesyanni avf etdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Putinning avf etish haqidagi farmonlari 29-iyul kuni Rossiya huquqiy axborot internet-portalida e’lon qilingan. Farmonlar 10 kundan so‘ng rasman kuchga kiradi.

Xabar berishlaricha, Marina Janjgava va Annik Kesyan Janubiy Osetiyadagi 2008-yilgi qurolli nizodan biroz avval Sochidagi temiryo‘ldan Rossiya harbiy texnikalari olib o‘tilayotgani haqida Gruziyadagi tanishlariga SMS-xabarnoma yuborgani uchun sudlangan edi.

Xuddi shunday ayblov bo‘yicha Sochida 2015-yili Oksana Sevastidi sudlangan edi, u sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. 2017-yil martida Putin uni ham avf etgan edi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-07-2017, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют