» » Toshkentning Mirobod va Bektemir tumanlarida 40 ming va 200 ming so‘mlik fohishaxonalar aniqlandi

Toshkentning Mirobod va Bektemir tumanlarida 40 ming va 200 ming so‘mlik fohishaxonalar aniqlandi


Toshkentning Bektemir tumanida 23-iyul kuni fohishaxona saqlash jinoyati fosh etildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, tumandagi xonadonlardan birining bekasi 200 ming so‘m evaziga ikki kishining o‘zaro jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib bergan.

Xuddi shunday holat 26-iyul kuni Mirobod tumanida ham aniqlangan. Unda xonadon egasi 40 ming so‘m pul evaziga jinsiy aloqa qilish uchun joy so‘raganlarga sharoit yaratib bergan.

Har ikkala holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi (“fohishaxona saqlash”) alomatlari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (29-07-2017, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют