» » Kanadalik pensioner ikkinchi marta lotereyada 1 mln dollar yutib oldi

Kanadalik pensioner ikkinchi marta lotereyada 1 mln dollar yutib oldi


Kvebeklik pensioner to‘qqiz yil ichida ikkinchi marta lotereyada bir million AQSh dollarini yutib oldi, deb yozadi Associated Press.

69 yoshli Jyul Paran Loto-Quebec onlayn-kazinosida jekpotni yutib oldi. 1,2 million dollarlik chekni chiqarib bergan o‘yinda qatnashish uchun u uch dollardan sal ko‘proq pul to‘lagan.

Kazino bunday yutuq ehtimolini 32 millionga bir deya baholagan.

Paran 2008-yilda ham bir million dollar yutib olgan edi. “Balki men omadli yulduz ostida tug‘ilgandirman?” — deya izohladi u voqeani.

Kanadalik qo‘lga kiritgan pullarini yangi uy qurishga sarflamoqchi, shu bilan birga u lotereya o‘ynashda davom etadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-07-2017, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют