» » Fotogalereya: O‘tgan asrning eng yaxshi avtobuslari

Fotogalereya: O‘tgan asrning eng yaxshi avtobuslari


Motor nashri o‘tgan asrning 50—60-yillarida ishlab chiqarilgan, xalqaro ko‘rgazmalarda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan avtobuslar haqida ma’lumot taqdim etdi.

Dizayni Otokar Diblik tomonidan ishlangan 706 RTO Polshaning Karosa kompaniyasi tomonidan 1958—1972-yillar oralig‘ida ishlab chiqarilgan. Bryusseldagi Expo-58 ko‘rgazmasi uchun ichida hojatxonasi, oshxonasi va televizori bo‘lgan versiyasi ishlab chiqarilgan edi.

“Lunoxod”ning “Sever” versiyasi SSSRdagi -30 darajadan past haroratli hududlarda foydalanish uchun ishlab chiqilgan. Buning uchun ikki qavatli oyna, salonni avtonom ravishda isituvchi qurilmalar joylashtirilgan. Avtobus birinchi bor 1967-yilda namoyish etilgan va 1968-yilning boshidan sinovlar silsilasini boshlagan.

“Kavkaz asirasi” filmining yulduzi bo‘lgan ushbu mikroavtobus 1964-yildan 1970-yilga qadar 100—150 dona ishlab chiqarilgan.

SSSRning birinchi shaharlararo avtobusi nafaqat qulay, balki chiroyli ham bo‘lgan: yo‘lovchilar uchun 32 ta samolyot tipidagi o‘rindiqlar hamda radiopriyomnik bilan jihozlangan “musiqa”ga ega bo‘lgan. Haydovchi ham 180 dizel dvigateliga ega mashinani mazz qilib boshqargan.

Ushbu avtobus Nikita Xrushchyov, Genri Ford II’ga va hatto Nitssa ko‘rgazmasidagi hakamlarga ham manzur bo‘lgan. “Yunost” 20 nusxada chiqarilgan.

“Yunost” kabi “PAZ-Turist” ham Nitssadagi avtobuslar ko‘rgazmasida shov-shuvga sababchi bo‘lgan. Avtobus 24 yo‘lovchining kitob yoki gazeta o‘qib ketishida qulaylik yaratish maqsadida har bir o‘rindiq alohida yoritish tizimi bilan jihozlangan.

Ushbu avtobusning LUX nomi ostidagi versiyasi 170 ot kuchiga ega dvigatel hamda 32 ta qulay o‘rindiq bilan jihozlangan, oddiy Ikarus 55 ning ko‘rinishi ham chiroyli bo‘lgan. Vengriyada 1953—1972-yillar oralig‘ida ishlab chiqarilgan. Shuningdek, uni dvigateli shovqinli ishlagani sabab “Raketa” va “Pilesos” deb ham atashgan.

Dunyoga mashur “Benzokolonka malikasi” filmida suratga tushgan “LAZ-697 Turist” 1959-yilda 1985-yilga qadar ishlab chiqarilgan. Avvaliga unga 109 ot kuchiga ega “ZiL-158A” dvigateli o‘rnatilgan, biroq 1960-yilda u 150 ot kuchiga ega “ZiL-130”ga almashtirilgan.

“LAZ-697”dan farqli o‘laroq, “Ukraina-1” seriyali ishlab chiqarilmagan, shunga qaramay, “Benzokolonka malikasi” filmida ko‘rinishga ulgurib qolgan. U 1961-yil davomida ishlab chiqarilgan.

O‘z davrida Berlinda eng yaxshi mikroavtobus deb topilgan. Dvigateli old tomonida joylashgan ushbu avtobusdan 1961—1991-yillar oralig‘ida 1000 nusxa ishlab chiqarilgan.

Ushbu avtobus 1961-yildan 1967-yilga qadar 3,3 litrli, 75 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan holda ishlab chiqarilgan. Uning nomida LO — havo yordamida sovutiladigan Otto dvigatelini, 2500 esa ortishi mumkin bo‘lgan maksimal og‘irligini bildiradi.

Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri Skoda 706 RTO’ning avlodi hisoblanadi. Nomidagi 11 raqami uning uzunligini bildiradi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-07-2017, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют