» » Ukrainalik uchuvchi Istanbulda samolyotni qahramonlarcha qo‘ndirishga muvaffaq bo‘ldi

Ukrainalik uchuvchi Istanbulda samolyotni qahramonlarcha qo‘ndirishga muvaffaq bo‘ldi


27-iyul, payshanba kuni Istanbulda ukrainalik uchuvchi Aleksandr Akopov Atlasglobal kompaniyasiga tegishli yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan havo kemasini Otaturk aeroportiga qahramonlarcha qo‘ndirdi. Bu haqda “Apostrof” nashri jurnalist Osman Pashayevga asoslanib ma’lum qildi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrainalik ekipaj boshqaruvidagi samolyot Istanbuldan Erjanga qarab Shimoliy Kiprda parvozni amalga oshirgan.

“To‘rt ming fut balandlikda samolyotning tumshuq qismiga hamda uchuvchilar xonasining oynasiga shikast yetdi. Kapitan Akopov ortga qaytish qarorini qabul qildi… Samolyot bortida 121 nafar yo‘lovchi hamda olti nafar ekipaj a’zosi bor edi. Akopov yon oynalar orqali yo‘lakni ko‘rish uchun samolyotni yonga og‘dirdi. Otaturk aeroporti dispecherlari qo‘nishni aniq amalga oshirishda unga aniq yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib turdi. Aleksandr Akopov haqida butun turk matbuoti yozmoqda. Ta’kidlanishicha, u sobiq Ittifoqning Ukrainda joylashgan uchuvchilarni tayyorlashga ixtisoslashgan eng yaxshi maktabida tahsil olgan. U 13908 soat parvoz qilgan”, — deb xabar berdi jurnalist.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (30-07-2017, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют