» » Tramp: Xitoydan juda hafsalam pir bo‘ldi

Tramp: Xitoydan juda hafsalam pir bo‘ldi


Xitoy Shimoliy Koreya yadro va raketa ishlanmalari masalasida AQSh bilan hamkorlik qilish uchun hech qanday faol choralar qo‘llamayapti. AQSh prezidenti Donald Tramp 29-iyul, shanba kuni rasmiy Pekinga nisbatan shunday ayblovni ilgari surdi, deb xabar beradi “TASS”.

U Xitoyning mazkur yo‘nalishdagi harakatlarini tanqid ostiga oldi.

“Xitoydan juda hafsalam pir bo‘ldi”, — ta’kidladi ushbu mavzuda Twitter’da turkum yozuvlar qoldirgan AQSh yetakchisi.

“Bizning avvalgi ahmoq yetakchilarimiz ularga savdoda yiliga yuzlab milliard dollar ishlab olishga imkon bergan. Biroq ular Shimoliy Koreya bo‘yicha hech narsa qilmayapti, gapdan nariga o‘tmayapti. Biz bunday holat yana davom etishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Xitoy osonlik bilan ushbu muammoni hal etishi mumkin”, — degan yozuv qoldirdi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, 28-iyul kuni KXDR navbatdagi raketa uchirilishini amalga oshirdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (30-07-2017, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют