» » Morata tashrifidan keyin “Chelsi” ikkinchi o‘yinida ham mag‘lub bo‘ldi. “Inter”da esa 3 ta g‘alaba

Morata tashrifidan keyin “Chelsi” ikkinchi o‘yinida ham mag‘lub bo‘ldi. “Inter”da esa 3 ta g‘alaba


Chempionlar xalqaro kubogi doirasida Milanning “Inter” va Londonning “Chelsi” klublari Singapurda o‘zaro to‘qnash keldi.

Bellashuv italiyalik futbolchilarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Uchrashuvdagi hamma gol “Inter” futbolchilari tomonidan urildi.

“Chelsi”ning 80 millionlik xaridi hisoblangan Alvaro Morata maydonda 65 daqiqa harakat qildi va o‘z o‘rnini jamoadoshiga bo‘shatib berdi.

Morataning “Chelsi”dagi norasmiy debyuti “Bavariya”ga qarshi o‘tgan bo‘lib, o‘shanda Antonio Konte shogirdlari 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

“Inter” turnir doirasida “Barselona” kabi ketma-ket uch o‘yinda zafar quchdi: “Lion” 1:0, “Bavariya” 2:0 va “Chelsi” 2:1.

Chempionlar xalqaro kubogi
Singapur, Singapur
29-iyul, shanba

Gollar: Stevan Yovetich, 45+3 (1:0). Ivan Perishich, 53 (2:0). Joffrey Kondogbia, 74-avt (2:1).
Noaniq penalti: Stevan Yovetich, 45+3 (I).

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-07-2017, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют