» » Anvar Ikromov Yoshlar ittifoqi Namangan shahar kengashi raisi etib saylandi

Anvar Ikromov Yoshlar ittifoqi Namangan shahar kengashi raisi etib saylandi


O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan shahar kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida yangi rahbar saylandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Shu paytga qadar Namangan viloyat matbuot va axborot boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan Anvar Ikromov ushbu lavozimga munosib ko‘rildi.

Anvar Ikromov 1983-yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 2006-yili Namangan muhandislik-pedagogika institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2001-yilda boshlagan, asosan OAVda faoliyat yuritib kelgan.

Yig‘ilishda ishtirok etgan Namangan shahar hokimi Shavkatjon Abdurazzaqovga ko‘ra, aholi nufusi jihatidan O‘zbekistonda Toshkent shahridan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan viloyat markazi aholisining teng yarmini yoshlar tashkil etadi. Bu esa Namangan shahar kengashi va uning yangi rahbariga katta mas’uliyat yuklaydi.

Tadbirda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi Ilyos Rahimov qatnashdi va so‘zga chiqdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (30-07-2017, 13:42)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют