» » Olimlar: Odam tanasining yarmi boshqa galaktikalardan kelgan atomlardan tashkil topgan

Olimlar: Odam tanasining yarmi boshqa galaktikalardan kelgan atomlardan tashkil topgan


Odam tanasidagi atomlarning yarmi — galaktikalararo sayohatchilar. Somon Yo‘li kabi yirik galaktikalar million yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan yulduzlar to‘plamidan kelgan materiyalarning bir qismini o‘zlashtirgan. Bu haqda “Nauka” xabar bermoqda.

“Biz avval galaktikalardagi bizniki deb o‘ylagan atomlarning katta qismini amalda boshqa galaktiaklardan “o‘g‘irlangan” ekanligni tushunmaganmiz”, — deydi Illinoys shimoli-g‘arbiy universiteti olimi Klod-Andre Faucher-Gigur.

Yulduzlar parchalanganidan so‘ng ular koinot bo‘shlig‘iga katta tezlikda gaz tarqatadi. Bu gazlar galaktika shamollari va yulduz portlashi natijasida yuzaga keladigan inersiya kuchi ostida harakatlanuvchi zaryadlangan qismlar tomonidan tutib olinadi.

Avval galaktika shamollari yirik galaktikalararo moddalar tashuvchisi hisoblanmagan. Chunki ular ulkan masofani kesib o‘tishi uchun yetarlicha kuchli emas. Biroq yangi kashfiyot bu fikrlarni rad etdi.

Galaktikalararo sayohat bir necha milliondan ikki milliard yilgacha vaqt oladi.

Olim o‘z fikrlarini tekshirish uchun galaktikalar evolyutsiyasining 3D modelini yaratdi. Bunda u kosmik bo‘shliqdagi yulduz moddalarining o‘zaro almashishi orqali galaktika ichidagi materiyalarni hisobga oldi. Shunda so‘ng olimlar jamoasi Katta portlashdan boshlab evolyutsiyani kuzatdi.

Aniqlanishicha, galaktika shamollari yulduz moddalarini tez harakatlantiradi. Bugungi kunda shamollar taxminan 100 milliard yulduzga million yillar avval o‘lgan yulduzlarning 50 fozi “sovg‘asi”ni yo‘naltirgan.

Katta galaktikalar va Somon Yo‘li uchun bunday oqimlar o‘sishning asosiy omili hisoblanadi. Faucher-Gigurning fikricha, bizning galaktika yo‘ldosh-galaktika hisoblangan Katta va Kichik Magellan Bulutlaridan yulduz moddalarini qabul qiladi.

Koinot paydo bo‘lganidan boshlab yulduz moddalarining kuzatilishi bizni o‘rab turgan atomlarning qayerdan kelganini tushunishga imkon beradi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-07-2017, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют