» » Eldor Shomurodov Rossiya Premyer-ligasida debyut qildi va jamoasi zafar quchdi

Eldor Shomurodov Rossiya Premyer-ligasida debyut qildi va jamoasi zafar quchdi


O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Eldor Shomurodov Rossiya Premyer-ligasida debyut qildi.

Chempionatning 3-turida u to‘p suradigan “Rostov” klubi Permda “Amkar” mehmoni bo‘lib, minimal hisobda ustun keldi. Uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan Shomurodov 88-daqiqaga kelib Vladimir Dyadyun o‘rniga maydonga tushirildi.

Bu “Rostov”ning mavsumdagi ilk g‘alabasi bo‘ldi. Leonid Kuchuk shogirdlari bunga qadar 1 ta durang o‘ynab, yana 1 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lgandi. “Amkar” esa ortda qolgan uch turning barchasida mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi.

“Rostov” navbatdagi turni 4-avgust kuni boshqa bir o‘zbekistonlik futbolchi — Vadim Afonin to‘p suradigan “Anji”ga qarshi safarda o‘tkazadi.

Bugun — 30-iyul kuni o‘zbekistonlik futbolchilar to‘p surayotgan yana ikki klub ham RPL 3-turida maydonga tushadi. “Anji” Moskvada “Lokomotiv” mehmoni bo‘lsa, Vagiz Galiulinning “Tosno” jamoasi Piterning “Zenit” klubini qabul qiladi.

Rossiya Premyer-ligasi
3-tur bellashuvi
30-iyul, yakshanba

Gol: Aleksandr Zuyev, 66 (0:1).

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (30-07-2017, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют