» » Russia Today muxbiri Suriyada halok bo‘ldi

Russia Today muxbiri Suriyada halok bo‘ldi


Suriyaning Xoms viloyatida IShID jangarilari tomonidan uyushtirilgan hujum paytida Russia Today agentligi muxbiri Holid al-Xatib halok bo‘ldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Al-Xatib Russia Today strukturasiga kiruvchi RT Arabic bilan hamkorlik qilar edi.

Jurnalist 22 yoshda edi. U voqealarni joyidan yoritib borayotgan edi.

RT bosh muharriri Margarita Simonyan Twitter’dagi sahifasida voqeaga izoh berarkan, buni barcha uchun katta halokat deb baholadi.

Bundan tashqari, otishmada RT bilan hamkorlik qiluvchi operator Mu’taz Ya’qub yaralandi. U shifoxonaga yotqizildi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-07-2017, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 55) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют