» » Xitoyda kredit to‘lashni istamagan ayol plastik operatsiya yordamida qiyofasini o‘zgartirdi

Xitoyda kredit to‘lashni istamagan ayol plastik operatsiya yordamida qiyofasini o‘zgartirdi


Xitoylik ayol 25 million yuan (3,7 million dollar) miqdoridagi kreditni to‘lamaslik uchun plastik operatsiya yordamida qiyofasini tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirdi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.

Xubey provinsiyasining Uxan shahrida yashovchi 59 yoshli Chju Natszyuan huquq-tartibot xodimlaridan yashirinishga muvaffaq bo‘ldi. Hozir uning qayerda ekanligi noma’lum.

Politsiya u boshqa kishining hujjati bilan Shenchjen shahrida chipta xarid qilayotganida qo‘lga olishga urindi. Biroq ularni taajjublantiradigan holat yuz berdi: ayolning qiyofasi qo‘llaridagi fotodan butkul farq qilardi. Xususan, u juda yosh ko‘rinardi. Politsiyachilarga ko‘ra, nari borsa 30-40 yoshli ayolga o‘xshardi.

Chju Natszyuan bilan bog‘liq voqea kamdan-kam uchraydiganlar toifasiga kirmaydi: Uxan shahrining o‘zida 6 oy mobaynida kredit to‘lashdan qochishga harakat qilgan 186 kishi ushlandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (30-07-2017, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют