» » Sayyoh dunyodagi eng noyob akulani tasvirga olishga muvaffaq bo‘ldi (video)

Sayyoh dunyodagi eng noyob akulani tasvirga olishga muvaffaq bo‘ldi (video)


Men orolida yashovchi Penni Bilich dunyodagi eng noyob jonivorlardan biri — kattaog‘iz akulani tasvirga olish muvaffaq bo‘ldi va rolikni YouTube’da joylashtirdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Nashrga ko‘ra, sayyoh ayol akulani Indoneziyada, Komodo orolidagi suvosti suzishi chog‘ida videoga tushirdi. Bu 25-iyul, seshanba kuni ro‘y berdi.

Chuqur suvosti yashovchi akula 1976-yilda kashf etilgandi. O‘shandan beri tadqiqotchilar va oddiy dayverlar 63 marotaba uni kuzatishga muvaffaq bo‘lgan. Uning tuzilishi, o‘zini tutishi va yashash muhiti haqida ma’lumotlar juda kam.

Kattaog‘iz akulaning uzunligi 5 metrgacha borishi mumkin. Inson uchun xavf tug‘dirmaydi, mayda qisqichbaqa va meduzalar bilan oziqlanadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (31-07-2017, 08:12)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют