» » Rossiyaning ikki yetakchi klubi Afonin hamda Galiulin jamoalarini taslim qildi

Rossiyaning ikki yetakchi klubi Afonin hamda Galiulin jamoalarini taslim qildi


Futbol bo‘yicha Rossiya Premyer-ligasining 3-turida o‘zbekistonlik uch futbolchi maydonga tushdi.

Eldor Shomurodov Rossiyadagi debyutini o‘tkazgan kun “Rostov” mavsumdagi ilk 3 ochkosiga ega chiqqandi. Keyinroq Vagiz Galiulin hamda Vadim Afonin jamoalari ham maydonga chiqdi.

Afonin 90 daqiqa harakat qilgan bellashuvda “Anji” Moskva klubiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Asosiy vaqt yakunida 9 daqiqa qolganida Mahachqal’a klubi to‘p o‘tkazib yubordi.

“Tosno” esa ketma-ket uchinchi mag‘lubiyatiga imzo chekdi. “Zenit”ga qarshi o‘yinda Vagiz Galiulin 64 daqiqa harakat qildi va o‘z o‘rnini jamoadoshiga bo‘shatdi.

Turnir jadvalida Vitaliy Denisovning “Lokomotiv” klubi yuz foizlik ko‘rsatkich bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Futbolchining o‘zi qishga qadar jarohatidan forig‘ bo‘lishi haqida aytib o‘tgandi.

Rossiya Premyer-ligasi
3-tur bellashuvlari
30-iyul, yakshanba

Gol: Aleksandr Zuyev, 66 (0:1).

Gol: Manuel Fernandesh, 81 (1:0).

Gol: Aleksandr Kokorin, 10 (0:1).

Premyer-ligada 4-tur 4-avgust kuni start oladi. Shu kuni Vadim Afonin va Eldor Shomurodov klublari Mahachqal’ada o‘zaro duch keladi. 5-avgust kuni “Lokomotiv” o‘z maydonida autsayderlardan biri bo‘lgan “Ska-Xabarovsk” klubini qabul qiladi. Ertasiga “Tosno” safarda “Arsenal”ga qarshi saf tortadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (31-07-2017, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют