» » O‘zbekiston mega-zavodlari: Alutex zavodida alyumin profillar qanday ishlab chiqariladi

O‘zbekiston mega-zavodlari: Alutex zavodida alyumin profillar qanday ishlab chiqariladi


Alutex O‘zbekiston—Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasi 1999-yil tashkil topgan. Korxona 2003-yildan MDH davlatlari ichida birinchi bo‘lib alyumin profillar va furnitura ishlab chiqarishni boshlagan. Alyumin profillar ekologik toza, uzoq vaqt xizmat qiladi, olovbardosh, quyosh nuri ostida o‘z shaklini va rangini o‘zgartirmaydi.

Biz zavodni ko‘rishga borib, ishlab chiqarish qanday tashkil etilganini ko‘rdik. Korxona Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan.

Ishlab chiqarish besh bosqichdan iborat: metall quyish, ekstruziya, bo‘yash, anodlash yoki dekor, qadoqlash va laboratoriya. Alutex ishlab chiqarish jarayonini to‘liq o‘zi amalga oshiradi.

 

Ishni boshlash uchun bizga alyumin quymasi kerak bo‘ladi, Alutex dunyodagi eng yirik alyumin qazib oluvchilaridan biri bo‘lgan Rusal korxonasi bilan hamkorlik qiladi. Xomashyo metall quyish uchastkasiga kelib tushadi. Natijada 6 metr uzunlikdagi, diametri 100—300 millimetr alyumin qotishmalari chiqariladi. Zavodda 3 eritish pechkalari ishlatiladi.

 

Tayyor bo‘lgan qotishma ekstruziya bo‘limiga o‘tadi. Korxona 500 dan ortiq profil va mijozlar chizmalariga asosan maxsus profil turlarini chiqarishi mumkin ekan. Ularni ishlab chiqarish uchun 7 press liniyalari tashkil qilingan.

 

Keyingi bosqichda mahsulotlar bo‘yashga yuboriladi. Korxonada 4 avtomatik bo‘yash liniyalari mavjud. Bo‘yoq sifatida poliefir asosidagi sifatli chet el emali ishlatiladi. Bunday emal uzoq vaqt xizmat qiladi, ekologik va zararsiz hisoblanadi. Mijozlar xohlagan ranglarni ko‘p turdagi ranglarni RAL katalogi bo‘yicha tanlashligi mumkin.

 

Korxonada profillarni anodlash imkoniyati mavjud. Anodlash — bu himoya qatlami bo‘lib, profil yuzasida alyumin gidrat qoplamini hosil qiladi. Bu qoplama romlarni chang va quyosh nurlaridan himoya qiladi.

Xaridor talabiga ko‘ra alyumin profillar dekor qilinishi mumkin. Dekor — bu daraxt va tosh rasmlarini chizish texnologiyasidir. Rasm vakuum sharoitida tushiriladi. Natijada, chidamli va chiroyli yuza hosil bo‘ladi.

Tayyor mahsulot himoya plyonkasi bilan qadoqlanadi.

 

Barcha mahsulotlar doimiy ekspress-nazoratdan o‘tib turadi. Foundry Master laboratoriyasi va kompyuter texnologiyasi yordamida, spektrografik usul bilan barcha materiallar kimyoviy tashkil etuvchilari sinovdan o‘tadi.

Alutex profillaridan deraza romlari, eshik, fasad, mebel, rolstavni, tutqichlar va mijozlar chizmalariga asosan maxsus profillar yasaladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (31-07-2017, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют