» » AQShda yashayotgan o‘zbekistonlik muhojirlar “Mustaqilli kubogi” futbol turnirida qatnashadi

AQShda yashayotgan o‘zbekistonlik muhojirlar “Mustaqilli kubogi” futbol turnirida qatnashadi


Nyu-York AQShda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonlik muhojirlar ishtirok etadigan “Mustaqillik kubogi” futbol musobaqasiga mezbonlik qiladi. Bu haqda turnir tashkilotchilaridan biri bo‘lgan San’at Sharipov “Daryo”ga ma’lum qildi.

Musobaqa shu yilning 17-sentabr sanasida start olishi rejalashtirilgan bo‘lib, o‘zbekistonlik muhojirlardan tashkil topgan futbol jamoalari Bruklinda jam bo‘ladi. Ikkinchi marta o‘tkazilayotgan “Mustaqillik kubogi” uchun arizalar 10-avgust sanasiga qadar qabul qilinadi.

“Mustaqillik kubogi”ning birinchisi 2016-yil bo‘lib o‘tgandi. Unda Nyu-York, Pensilvaniya, Nyu-Jersi, Merilend va poytaxt Vashington shaharlaridan jami 8 jamoa ishtirok etgan bo‘lib, g‘oliblik Nyu-Yorkning “Paxtakor” jamoasiga nasib qilgan.

AQShda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar mazkur musobaqada ishtirok etishni istasa, +1 (718) 737-23-19 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin.

Bruklinda tashkilotchilar ishtirokchi jamoalar uchun o‘zbekcha palov sayli va dasturxon yozishni ko‘zda tutgan. Shuningdek, futbolchilarning oila-a’zolari uchun ham ko‘ngilochar tadbirlar uyushtirish rejalashtirilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (31-07-2017, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют