» » Jonli efirda xatolar bo‘lib turadi. “O‘zbekiston 24” — yaqqol misol

Jonli efirda xatolar bo‘lib turadi. “O‘zbekiston 24” — yaqqol misol


24-iyuldan efirga chiqa boshlagan “O‘zbekiston 24”ning barcha axborot dasturlari jonli efirda uzatilmoqda. Jonli efirda xatolar bo‘lishi esa tabiiy hol.

26-iyul kuni Turkiya milliy mudofaa vaziri Nurettin Janikli O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif davomida turkiyalik mehmon O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilindi. Mazkur tashrif tafsilotlarini yoritarkan, telekanalning “Axborot 24” hisobot dasturida, katta ehtimol bilan texnik xodimlari aybi bilan, kichik bir xatolik sodir bo‘ldi.

Boshlovchi Surayyo Ablakulova Prezident Shavkat Mirziyoyev turkiyalik vazirni qabul qilgani haqida lavha berilishini e’lon qilgan bo‘lsa-da, efirga mehmonning O‘zbekiston mudofaa vaziri bilan uchrashuvi kadrlar uzatildi. Lavha tugashi bilan, Surayyo Ablakulova tomoshabinlardan uzr so‘rab, endi Prezident qabuli bilan bog‘liq axborotga navbat berilishini e’lon qildi.

Qayd etish joiz, Surayyo Ablakulova (Ermatova) O‘zbekiston televideniyesining eng taniqli boshlovchilaridan biri hisoblanadi. Uning zilzila vaqtida “Axborot” studiyasini vahima bilan tashlab chiqib ketishi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda ayniqsa mashhurdir.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (31-07-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют