» » “O‘zbekiston havo yo‘llari” yarim yil ichida yo‘lovchi tashishni 4,3 foizga ko‘paytirdi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” yarim yil ichida yo‘lovchi tashishni 4,3 foizga ko‘paytirdi


“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi 2017-yilning birinchi yarmida 1,227 million yo‘lovchini tashidi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,3 foizga ko‘proq demakdir. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Milliy aviatashuvchi samolyotlari orqali 11 160 reys amalga oshirilgan, bu 2016-yilning birinchi yarmidagi ko‘rsatkichdan 489 taga ko‘p. Yo‘lovchi o‘rindiqlarining bandlik darajasi 75,9 foizga, tijoriy yuklanma — 55,7 foizga teng bo‘ldi.

Uzoq xorij yo‘nalishlari bo‘yicha yo‘lovchilarni tashish hajmining o‘sishi 11,3 foizni, yaqin xorij yo‘nalishlari bo‘yicha esa — 9,8 foizni tashkil etdi, shu bilan birga, respublikadagi yo‘nalishlar bo‘yicha u 17 foizga pasaydi.

Olti oy ichida aviakompaniya 24,8 ming tonna yuk (shu jumladan pulli bagaj va pochta) tashidi, o‘sish 26,4 foizga teng bo‘ldi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (31-07-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют