» » Buxoroda 4300 dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da bergan firibgar qo‘lga olindi

Buxoroda 4300 dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da bergan firibgar qo‘lga olindi


Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida, Buxoro shahrida yashovchi fuqaro Gulbahor Qurbonovaning jiyani Sevara Temirovani Buxoro Davlat Universitetiga o‘qishga kiritishni va’da qilib, undan 4300 dollar miqdoridagi pullarni pora tariqasida qo‘lga kiritayotgan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi .

Shofirkon tumanda yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan, Buxoro ta’mirlash mexanika zavodida muhandis bo‘lib ishlaydigan A’lam G‘ofurov  garchi abituriyentlarni o‘qishga kiritish vakolatiga ega bo‘lmasa-da, o‘zining sherigi 1991-yilda tug‘ilgan, “Buxoro Gaz Sanoat qurilish” OAJda ishlovchi Elyorjon Qayumov  bilan oldindan jinoiy til biriktirib, fuqaro Gulbahor Qurbonovani aldab, pora berishga qiziqtirib, firibgarlik jinoyatini sodir etgan.

Tezkor tadbirlar davomida xodimlar tomonidan Elyor Qayumovga tegishli bo‘lgan Tiko avtomashinasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilib, fuqaro Gulbahor Qurbonovadan aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan 4300 AQSh dollari tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan hozirgi kunda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (31-07-2017, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют