» » iPhone 8 o‘z vaqtida savdoga chiqadi, biroq hamon mish-mishlar davom etmoqda

iPhone 8 o‘z vaqtida savdoga chiqadi, biroq hamon mish-mishlar davom etmoqda


Avvalroq iPhone 8 smartfoni iPhone 7S hamda iPhone 7S Plus bilan birgalikda 5—6-sentabr kuni taqdim etilishi haqida gap-so‘zlar tarqalgan edi, biroq iPhone 8’ni yetkazib berish oktabr oyidan boshlanadi. iPhone 7S va 7S Plus bozorga 17-sentabr kuni chiqadi, deb xabar berdi “Hi-tech.mail.ru”.

Yaponiyaning Macotakara texnik blogi iPhone 8’ga bog‘liq yangi ma’lumotlarni tarqatdi. Unga ko‘ra smartfonda quvvatlantiruvchi tugamada hech qanday datchik bo‘lmaydi. Shuningdek, iPhone 8 uchun ishlab chiqarilgan birorta g‘ilofda quvvat tugmasi uchun teshik mavjud emas. Bundan kelib chiqadiki, Apple Touch ID datchigini ekran ostiga joylashtirishning imkonini topgan.

Taniqli dizayner, “mish-mishlar ustasi” Benjamin Geskinning Twitter’ga yozishicha, Apple barmoq izi skanerini ekran ostiga joylashtirishga muvaffaq bo‘lgan. Shunga qaramay Touch ID datchigi smartfonda umuman bo‘lmasligi ham mumkin.

Yuqoridagi suratdan ko‘rish mumkinki qurilmada ko‘z shox pardasini aniqlovchi bir juft datchik joylashgan. Bu iPhone 8’da 3D yuz tanish funksiyasi bo‘lishi mumkinligini anglatadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (31-07-2017, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют