» » Bektemirda birovning telefoni va puliga ko‘z olaytirgan juftlik ushlandi

Bektemirda birovning telefoni va puliga ko‘z olaytirgan juftlik ushlandi


2017-yilning 25-iyul kuni soat 13:30 larda Azizbek Ahmedov va Shohista Abdurahmonova Bektemir tumanida Jo‘rabek Muhammedovga nisbatan zo‘rlik ishlatib, unga tegishli Samsung rusumli uyali telefoni va pullarini egallab olgan. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari (talonchilik, ya’ni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, o‘zganing mulkini ochiqdan ochiq talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (31-07-2017, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют