» » 9—10-sentabr kunlari Katta teatrda I Simfonik Open Air oqshomi bo‘lib o‘tadi

9—10-sentabr kunlari Katta teatrda I Simfonik Open Air oqshomi bo‘lib o‘tadi


Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatri va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan, TOP Congress kompaniyasi ko‘magida 9—10-sentabr kuni o‘tkaziladigan OPEN AIR 88-teatr mavsumini ochib beradi. Bu haqda tashkiliy qo‘mita vakillari Katta teatrda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani doirasida jurnalistlarga so‘zlab berdi.

Aynan I Simfonik Open Air bilan O‘zbekiston teatr san’ati uchun noyob bo‘lgan loyiha ish boshlaydi, u, jahon mumtoz musiqasi durdonalarini taqdim etish orqali, mumtoz musiqa, opera va baletga tomoshabinlarning muhabbatini qayta tiklashga qaratilgan.

Mumtoz san’atning asl zarshunoslari ketma-ketiga ikkita musiqiy oqshomni teatr oldidagi maydonda, ochiq osmon ostida (Open Air) o‘tkazadi.
Simfonik Open Air formati — konsert madaniyatidagi noyob jarayondir. Bunday tarzdagi musiqa tadbirlari Edinburg, Berlin, Vena, Parij, Moskva, Tokio va Rimdagi butun dunyoga mashhur festivallarning eng yodda qolarli shousidir.

Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, loyiha mumtoz san’atga yangi hayot baxsh etadi. Tadbirlar silsilasi va kompaniyaning kelgusi faoliyati madaniy trendlar yaratishga va an’anaviy san’at yo‘nalishlarining qayta tiklanishiga qaratilgandir.

Teatr rejissyori Andrey Slonim, musiqa rahbari va dirijyor Bobomurod Hudoyqulov O‘zbekiston opera va balet voqealari taqvimidagi yangi jarayondan nimalar kutish kerakligi haqida so‘zlab berdi.

Oqshomlarning har biri did bilan tuzilgan dasturga ega, undan jahon mumtoz qo‘shiqchiligi durdonalari, turli mamlakatlar milliy mumtoz musiqasi original kompozitsiyalari, Katta teatrning maftunkor balet chiqishlari o‘rin olgan. Noodatiy joylashuv, teatr maydonnining dekoratsiyalangan manzarasi, did bilan tayyorlangan dastur va mumtoz san’at hashamatining yengil ta’siri – o‘sha kunda Katta teatr yonidagi maydonda simfonik musiqa ishqibozlarini shular kutmoqda.

DAKT yakkaxon xonandalari va baletlar jamoasi mavsum ochilishida e’tirof etilgan jahon mumtoz san’ati namoyandalari kompozitsiyalarini taqdim etadi: Shtraus valsi va Chaykovskiy adajiosidan tortib, to Andrea Bochellining zamonaviy asarlari va o‘zbek milliy operasining milliy ariyalarigacha ijro etiladi.

Oqshomni mehmonlar bilan iste’dodli dirijyor Bobomurod Xudoyqulov boshqaruvi ostidagi Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri Simfonik orkestri birgalikda o‘tkazadi.

Tadbir qanday o‘tishi va shahar ahli bu noyob teatr tomoshasida, oshqom qahramonlarining jonli tarixida albatta qatnashishlari nima uchun lozimligi haqida Katta teatr yakkaxon ijrochilari va Katta teatr jamoasi, tashkilotchilar yaqin kunlarda bafurja so‘zlab berishni va’da qildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (31-07-2017, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 54) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют