» » Airbnb asoschisi tarixi: Qanday qilib Brayan Cheski eng yosh milliarderlardan biriga aylandi?

Airbnb asoschisi tarixi: Qanday qilib Brayan Cheski eng yosh milliarderlardan biriga aylandi?


Bugun Cheski — Kremniy vodiysining eng yosh va badavlat biznesmenlaridan biri. U bunday omadga qanday erishganligi haqida InsiderPro nashri hikoya qiladi.

Brayan Cheski Airbnb’ni yaratgunga qadar texnologiyalarni tushunmagan.

35 yoshli bosh direktor sanoat dizayni ixtisosligi bo‘yicha kollejni tamomlagan, yoshlikda esa hokkey va bodibilding bilan shug‘ullangan. Biroq uning mehmonxonalar to‘la bo‘lgan sharoitlarda turar-joy topish imkonini beruvchi g‘oyasi ko‘p milliardlik startapga aylandi.

Cheski texnologiya sohasida eng boy yosh tadbirkor bo‘lishga qanday erishdi?

Cheski Nyu-York shtatining kichkina shaharchasi — Niskeyuneda o‘sdi. U hokkey o‘ynash, shuningdek, rasm chizish va Nike’ning yangi krossovkalarini o‘ylab topishni yoqtirar edi. Bu ijodga bo‘lgan qiziqishga aylandi.

Cheski maktab bitiruv albomiga bor-yo‘g‘i bitta: “Ishonchim komilki, hech narsaga arzimaydigan inson bo‘laman”, — degan jumlani yozdi. Unga bu hazil bo‘lib tuyuldi, biroq uning otasiga bu hazil yoqmadi.

“Biroz vaqt avval dadam eski maktabim o‘quvchilari oldida sharafli bitiruvchi sifatida chiqish qilishimni eshitib xursand bo‘ldi. Uchrashuvni kutib qolaman, dada!”, — deb yozadi Cheski Instagram’dagi sahifasida.

1999-yilda Cheski Rod-Aylend Dizayn maktabida ta’lim olib, sanoat dizaynini o‘rgangan, shuningdek hokkey jamoasiga boshchilik qilgan.

Aynan shu yerda u Airbnb’ning bo‘lajak asoschilaridan biri Jo Gebbia bilan tanishadi.

Gebbia Fortune nashriga bergan intervyusida bitiruv oqshomidan so‘ng Cheskini chetga tortib, “Samolyotga o‘tirishingdan oldin senga bir narsani aytmoqchiman. Biz o‘z ishimizni ochmoqchimiz, u haqda bir kun kitob yoziladi” deganini xotirlaydi.

Cheski 20 yoshida istiqboli porloq bodibilder edi. Uni bugungi kunda ham “40 santimetrli bitseps” deb atashadi.

Kollejni yakunlagan Cheski Los-Anjelesga ko‘chib o‘tdi va sanoat dizayneri ixtisosligi bo‘yicha ishlay boshladi.

Biroq tez orada ular Gebbia bilan San-Fransiskoga keldi. 2007-yil dizaynerlar uchun konferensiya o‘tkazilayotgan vaqtda shaharning hech bir mehmonxonasidan joy band qilishning imkoni yo‘q edi. Shunda Gebbiaga mehmonxonada xona topa olmaganlar uchun turar-joy ijaraga berish kabi ajoyib g‘oya keldi.

Uchinchi hamasoschi Natan Blecharzik bilan birga Gebbia va Cheski Airbedandbreakfast.com servisini ishga tushirdi.

O‘shandan buyon startap nomi Airbnb’gacha qisqardi va u 34 ming shahar va 60 million mehmonni qamrab oldi (2016-yil holatiga ko‘ra). Hozirgi paytda u AQShda kattaligi bo‘yicha ikkinchi startapga aylangan, uning kapitalizatsiyasi 31 milliard dollarni tashkil etdi.

2015-yilda Cheski Times jurnali versiyasi bo‘yicha hozirda hayot 100 nafar eng nufuzli kishilar ro‘yxatiga kirdi. Apple yetakchi dizayneri Jonatan Ayv “Cheskining dadilligi” g‘aroyib ekanligi haqida yozgan edi.

Hozir Brayan Cheski 35 yoshda, u Airbnb’ning 13 foiz ulushi egasi, uning shaxsiy daromadi 3,8 milliard dollarga baholanadi. U 40 yoshgacha bo‘lgan dunyoning eng boy tadbirkorlari ro‘yxatining sakkizinchi o‘rnidan joy olgan (Forbes talqini bo‘yicha).

Airbnb’ning har uchala asoschisi o‘z boyligining 50 foizdan ortig‘ini Uorren Baffet, Bill va Melinda Geytsning xayriya tashabbusiga ehson qilishga va’da bergan.

Hozirgi paytda Cheski rassom Elissa Patel bilan uchrashmoqda. U Elissa bilan to‘rt yil avval Tinder’da tanishib qolgan.

Cheski va Patel har hafta yoga bilan shug‘ullanadi va butun San-Fransisko bo‘ylab Airbnb orqali turar-joy bron qiladi.

Bir muddat avval Cheski va asli kelib chiqishi hindistonlik Patel Airbnb Tour 2017 deb nomlagan sayohat doirasida Dehliga tashrif buyurdi.

Yaqin vaqtga qadar Cheskining o‘zi ham Airbnb orqali turar-joyni ijaraga bergan. Biroq unga ijaraga beruvchidan ro‘yxatdan o‘tishni talab qiluvchi San-Fransisko qonunchiligini buzish aybi e’lon qilingandan so‘ng, Cheski e’lonni olib tashlashga majbur bo‘ldi.

2014-yilda Cheski boshqaruv jilovini Natan Blecharzikka topshirdi, biroq u hamon kompaniya bosh direktoriligicha qolmoqda. Hozirda yosh tadbirkor startapni talabga to‘liq javob beradigan sayyohlik kompaniyasiga aylantirish ustida ishlamoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (31-07-2017, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют