» » Samarqandda imtihonga telefon olib kirishga uringan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi

Samarqandda imtihonga telefon olib kirishga uringan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi


Samarqand viloyat matbuot uyida 1-avgustda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun o‘tkaziladigan davlat test sinovlariga tayyorgarlik jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, test sinovlariga telefon va boshqa aloqa vositalarini olib kirishga uringan abituriyentlar sinovga kiritilmaydi. Bu haqda “Zarafshon tongi” gazetasi xabar berdi.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga ko‘ra, sinov o‘tkaziladigan binoga kirishda abituriyent mikrokalkulyator, uyali telefon va boshqa aloqa vositalari, kitob, lug‘at, jadval, “shpargalka” olib kirsa, yoki olib kirishga harakat qilsa, dalolatnoma tuzilib testdan chetlashtiriladi.

Shuningdek, abituriyent imtihon davomida test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki unga yordam bersa, ajratilgan vaqt tugagandan keyin test materiallarini topshirishdan bosh tortsa, savollarni auditoriyadan tashqariga chiqarsa, savollar kitobini yirtsa ham test jarayonidan chiqarib yuboriladi.

Gazetaning yozishicha, bu yil abituriyentlar test sinovlarini erta topshirganidan qat’iy nazar belgilangan vaqt tugaganidan keyingina binodan chiqariladi.

Xabar qilinishicha, joriy yilda Samarqand viloyatidagi 7 ta oliy ta’lim muassasasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 7014 nafar talaba o‘qishga qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Ushbu o‘rinlar uchun 15-iyundan 15-iyulga qadar 63 ming nafar abituriyent oliygohlar qabul komissiyalariga hujjat topshirgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (31-07-2017, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют