» » IShID Kobuldagi Iroq elchixonasi oldida yuz bergan hujum uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi

IShID Kobuldagi Iroq elchixonasi oldida yuz bergan hujum uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi


IShID Afg‘oniston poytaxti Kobul shahridagi Iroq elchixonasi oldida amalga oshirilgan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Afg‘oniston IIV tomonidan xabar qilinishicha, hujum xudkush-terrorchi tomonidan uyushtirilgan. U elchixona darvozasi oldida o‘zini portlatib yuborgan, shundan so‘ng uning sheriklari elchixona hududiga kirgan va otishma boshlagan.

Avvalroq hujum portlovchi qurilma o‘rnatilgan avtomobil yordamida amalga oshirilgani haqida xabar berilgan. Politsiyaning ma’lumotlariga ko‘ra, elchixona yaqinida ham otishma yuz bergan.

Hujum oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (31-07-2017, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют