» » Ozodbek Nazarbekov “Yoshlar” telekanali direktorligidan qog‘ozlar sababli ketganligini ma’lum qildi

Ozodbek Nazarbekov “Yoshlar” telekanali direktorligidan qog‘ozlar sababli ketganligini ma’lum qildi


O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov “Yoshlar” telekanali direktorligidan nima uchun ketganligiga izoh berdi. Bu haqda UZ24 xabar berdi.

“Fattohhon.com”ga tayanib, ma’lum qilinishicha, Ozodbek Nazarbekov “Yoshlar” telekanaliga direktor etib tayinlangach, qog‘ozlar bilan band bo‘lib qolgan.

Yoshlar telekanali direktorligini bosh prodyuser lavozimiga kelishilgan holda almashtirdik. Telekanalga birdan direktor etib tayinlangach, tabiiyki ishga borishim bilan qog‘ozlar bilan band bo‘lib ketdim. Shuning uchun ham men o‘zimga maqsadga muvofiq keladigan sharoit yaratishim kerakligini tushundim va bu amalga oshirildi. Endilikda faoliyatim bosh prodyuserlikda davom etadi. Ish uslubi shuni talab qiladi.

Eng kerakli va natijali ish shu bo‘ldi-ki, birinchi navbatda telekanalda ishlash prinsiplari tubdan o‘zgardi. Ya’ni ichki qonun-qoidalarda konsepsiya o‘zgardi. Hali hammasi 100 foiz ishga tushirilgani yo‘q, ammo birinchisi boshlandi. Jahon tajribasidan ma’lumki, har bir telekanalda ta’sischi, direktor va prodyuser bo‘ladi. Telekanalning ijodiy sifatini nazorat qilib turadigan aslida o‘sha prodyuser. “Yoshlar” telekanalida ham prodyuserlik shtati bo‘lgan, ammo uni aniq vazifasi belgilanmagan. Shuning uchun ham hozir birinchi bo‘lib Prodyuserlik bo‘limini tashkil qildik. Bu bo‘lim ijodga taalluqli har qanday masalalar bilan shug‘ullanadi. Kanal stilistikasi bilan shug‘ullanadigan ham, kanalning “yuzi”ni ko‘rsatib beradigan ham, o‘sha Prodyuserlik bo‘limi bo‘ladi.

Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (31-07-2017, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют