» » OAV: Bokuda Alla Pugachovaning ahvoli og‘irlashgani sabab unga tez yordam chaqirildi

OAV: Bokuda Alla Pugachovaning ahvoli og‘irlashgani sabab unga tez yordam chaqirildi


Ozarbayjon poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan “Jara” festivalining ijodiy kechasida Alla Pugachovaning ahvoli og‘irlashib qoldi. OAVning xabarlariga ko‘ra, Primadonnaga tez yordam chaqirishga to‘g‘ri kelgan, deb xabar berdi “MK.ru”.

Ma’lum bo‘lishicha, qo‘shiqchining ahvoli qon bosimi sabab yomonlashgan. Betobligi sabab u Grigoriy Lepsning yubiley konsertidagi chiqishini bekor qildi.

Pugachovaga yaqin bo‘lgan odamlarning aytishicha, hozirda uning ahvoli yaxshilangan.

“Alla Borisovna o‘zining Bokudagi chiqishini ertasi kuniga Haydar Aliyev hamda Muslim Magomayev qabrlariga gul qo‘ydi”, — deydi “RIA Novosti” suhbatdoshi.

Ayni vaqtda Pugachova Yurmalada farzandlari bilan hordiq chiqarmoqda.

Iyun oyining boshida Pugachovaning qizi Kristina Orbakayte onasi yurak xurujini boshidan o‘tkazganini ma’lum qilgandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (31-07-2017, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют