» » TAQI ijodiy imtihonlaridan norozilik bildirildi. Institut apellyatsiya komissiyasi vaziyatga izoh berdi

TAQI ijodiy imtihonlaridan norozilik bildirildi. Institut apellyatsiya komissiyasi vaziyatga izoh berdi


O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalaridagi ijodiy imtihonlar yuzasidan bir necha shikoyatlar kelib tushdi. Avvalroq O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti ijodiy imtihonlari baholaridan norozi abituriyentlarning shikoyatlari e’lon qilingan edi. Keyinroq Toshkent arxitektura-qurilish institutiga hujjat topshirgan abituriyent videoxabar yo‘lladi. E’tiborga molik jihati, TAQIdagi vaziyat yuzasidan institut vakillari izoh berdi.

Toshkent arxitektura-qurilish institutiga kirish imtihonlari doirasida rasm va chizmachilik yo‘nalishlari bo‘yicha ijodiy sinovlar bo‘lib o‘tgan. Biroq bu sinovlarning natijalari ko‘plab abituriyentlarning noroziligiga sabab bo‘lgan.

“Daryo”ga murojaat qilgan abituriyentlardan birining so‘zlariga ko‘ra, ijodiy ishlarga nisbatan past baholar qo‘yilgan. “Ayni vaqtda, ijodiy ishlarini qoniqarli deb aytish qiyin bo‘lgan ba’zi abituriyentlarga yuqori ballar qo‘yilgan”, — deydi abituriyent.

Ijodiy imtihonlar baholari yuzasidan appellyatsiya berish jarayonida 100 dan ziyod abituriyent, ularning ota-onalari, yaqinlari qatnashgan. Vaziyat keskinlashib, “to‘polonga aylanib ketgan, baholardan hamma norozi bo‘lgan”.

Barcha norozi abituriyentlar va ularning ota-onalari ijodiy imtihon qaytadan o‘tkazilishini talab qilgan, biroq institut vakillari bu talabni rad etib, apellyatsiya jarayoni yangidan bo‘lib o‘tishini e’lon qilgan. “Navbatim kelgunicha olti soat o‘tirdim, atigi bir ball qo‘shib berishdi”, — deydi murojaatchi.

TAQI apellyatsiya komissiyasi rahbari Muhammadjon Ahmedovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, bino va inshootlar qurilishi yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga hujjat topshirgan 1400 dan ziyod abituriyent rasm va chizmachilikdan ijodiy imtihon topshirgan. Imtihonlarning har biri bo‘yicha abituriyent 37,8 ballgacha, umumiy 75,6 ball to‘plashi mumkin.

Apellyatsiya jarayoni ikki kunga cho‘zilgan. Birinchi kuni 82 ta, ikkinchi kuni 68 ta — jami 150 ta arizachining da’volari ko‘rib chiqilgan. Birinchi kunda ham, ikkinchi kunda ham arizalarni ko‘rib chiqish 23:30 gacha davom etgan. Ikkinchi kungi apellyatsiya jarayonida komissiya ishida nafaqat institut vakillari, balki oliy va o‘rta maxsus ta’limi vaziri birinchi o‘rinbosari, Davarxqo‘m xodimlari, shuningdek, apellyatsiyaga kelgan abituriyentlarning ota-onalari tomonidan ovoz berish yo‘li bilan tanlangan xolis uch ota-ona qatnashgan.

Apellyatsiyaga ota-onasi bilan birga kelgan abituriyentlar ota-onalari bilan birga qabul qilingan, ularning ishlari qayta ko‘rib chiqilib, kamchiliklari ko‘rsatilgan, ba’zilariga baholari 1-2 ball ko‘tarib berilgan. “Yonimda turib chizgan abituriyentning ishi qoniqarli emasdi, lekin u yuqori ball olibdi, deganlar bo‘ldi. O‘sha abituriyentning kimligini ayting, ishini ko‘rib chiqamiz, deb barcha talabgorlarga aytdik, biroq ularning hech biri ism-familiyalarni keltirmadi”, — deydi Muhammadjon Ahmedov.

Ayni vaqtda, ba’zi abituriyentlarning talabiga ko‘ra, yuqori bahoga loyiq ko‘rilgan ishlar ham, yanada pastroq baho qo‘yilgan chizmalar ham olib chiqib ko‘rsatilgan. “Apellyatsiyada qatnashgan abituriyentlarning bari arizalari bo‘yicha komissiya qarorlaridan qoniqish hosil qilganliklari haqida tilxat topshirgan. Ba’zilar ustimizdan Prezident portaliga shikoyat qilishini aytdi. Bu ularning huquqi, agar bizning qarorimizdan qoniqmagan bo‘lsa, shikoyat qilishi mumkin”, — dedi apellyatsiya komissiyasi raisi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (31-07-2017, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют