» » Mobil operatorlarning 1-avgustdagi an’anaviy profilaktikasi, qog‘ozlar sabab “Yoshlar”ning direktorligidan ketgan Ozodbek, Toshkentda 4:30 dan yuradigan jamoat transporti va kunning boshqa muhim xabarlari

Mobil operatorlarning 1-avgustdagi an’anaviy profilaktikasi, qog‘ozlar sabab “Yoshlar”ning direktorligidan ketgan Ozodbek, Toshkentda 4:30 dan yuradigan jamoat transporti va kunning boshqa muhim xabarlari


31-iyulning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Ozodbek Nazarbekov “Yoshlar” telekanali direktorligidan qog‘ozlar sababli ketganligini ma’lum qildi. “Endilikda faoliyatim bosh prodyuserlikda davom etadi”.

2. TAQI ijodiy imtihonlaridan norozilik bildirildi. Institut apellyatsiya komissiyasi vaziyatga izoh berdi.

3. Mobil operatorlar 1-avgust kuni profilaktika ishlari o‘tkazilishini ma’lum qildi. Profilaktika ishlari aynan test imtihonlari bo‘ladigan soatlar mobaynida davom etadi.

4. Toshkentda 1-avgust kuni jamoat transporti harakati ertalab soat 4:30 dan yo‘lga qo‘yiladi. Bu poytaxtdagi oliy o‘quv yurtlarida test imtihonlari bo‘lib o‘tishi munosabati bilan amalga oshiriladi.

5. Samarqandda imtihonga telefon olib kirishga uringan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi. Bu yil abituriyentlar test sinovlarini erta topshirganidan qat’iy nazar belgilangan vaqt tugaganidan keyingina binodan chiqariladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (31-07-2017, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют