» » Xalqaro sanoat yarmarkasi direksiyasi tugatildi

Xalqaro sanoat yarmarkasi direksiyasi tugatildi


“Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birja direksiyasi tugatildi” davlat korxonasi tugatildi. Bu Shavkat Mirziyoyevning 31-iyuldagi tovar, ish va xizmatlarni davlat va korporativ xarid qilish tizimini isloh ilish haqidagi qarorida nazarda tutilgan, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Hujjatda aytilishicha, direksiya faoliyatining tashkil etilishi davlat va korporativ xaridlar ochiqligi va shaffofligining zaruriy darajasini ta’minlab bermagan.

Ta’kidlanishicha, kooperatsion birja doirasida asbob-uskuna, butlovchi moslamalar, qayta ishlangan xom ashyo va materiallarni shartnomalar asosida, tenderlarsiz xarid qilinishiga imkon yaratib beradigan bunday tizim “turli korrupsion holatlar, shu jumladan, birjadan oldindan belgilangan yetkazuvchilar bilan shartnomalar tuzish uchun foydalanish” uchun sharoitlar yaratib bergan.

“Ko‘rgazma-yarmarka tadbirlarining o‘tkazilish jarayoni tovarlar yetkazilishi bo‘yicha davlat va korporativ buyurtmalarning avvalo kichik biznes subyektlari uchun ochiqligining yetarli darajasini ta’minlamaydi, buning oqibati o‘laroq sog‘lom raqobat muhitining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi”, — deyiladi qarorda.

Hujjatda, shuningdek, davlat va korporativ xaridlar tizimini tubdan yaxshilash bo‘yicha choralar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazma majmuasining ko‘rgazma-yarmarka faoliyatini yaxshilash bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilishi ko‘zda tutilmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (31-07-2017, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют