» » O‘zbekiston kubogi. Final ostonasida “Bunyodkor” Samarqand “Dinamo”sini mag‘lub eta olmadi

O‘zbekiston kubogi. Final ostonasida “Bunyodkor” Samarqand “Dinamo”sini mag‘lub eta olmadi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining yarim finalidan joy olgan “Bunyodkor” va “Dinamo” klublari o‘rtasidagi ikki o‘yindan birinchisi Toshkentda bo‘lib o‘tdi.

90 daqiqa davomida har ikki klub futbolchilariga ham gol urish nasib qilmadi va o‘yin 0:0 hisobida o‘z yakuniga yetdi. Final yo‘llanmasi kimga nasib qilishi endi tomonlarning Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan javob o‘yinida ma’lum bo‘ladi.

“Bunyodkor” chempionatning 6-turida ham “Dinamo” bilan Toshkentda durang o‘ynagandi — 1:1. O‘shanda jamoaga Sergey Lushchan ustozlik qilgan. Endilikda “qaldirg‘ochlar” Mirjalol Qosimov boshqaruvida ham Oliy liga debyutantini yenga olmadi.

Yarim finaldan joy olgan ikkinchi o‘yin “Lokomotiv” va “Nasaf” klublari o‘rtasida 2-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston kubogi
Yarim final
31-iyul, dushanba

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-08-2017, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют