» » “Chuqursoy” postida Xitoydan 4 mlrd so‘mlik mahsulotni yashirin yo‘llar bilan olib kirishga chek qo‘yildi

“Chuqursoy” postida Xitoydan 4 mlrd so‘mlik mahsulotni yashirin yo‘llar bilan olib kirishga chek qo‘yildi


“Chuqursoy texnik idora” chegara-bojxona postida Xitoydan Farg‘ona viloyatida faoliyat yurituvchi “Yaxshi Niyat Zamin Fayzi” MChJ nomiga keltirilgan yuklar ortilgan ikkita temir yo‘l konteyneri yuk egasi va xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent shahar bojxona boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi. 

Ko‘rik davomida mazkur konteynerlar yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan 28 ming donadan ortiq adyol, 12700 dona elektr hisoblagich, 183 ming dona kompakt disk, oshxona idishlari, maishiy texnika buyumlari, kiyim-kechaklar, jami 21 turdagi turli tovar-moddiy boyliklar bilan to‘ldirilgani aniqlandi. Shu tariqa qonunbuzarlar qiymati salkam 4 milliard so‘m bo‘lgan tovar-moddiy boyliklarni yashirin yo‘llar bilan olib kirishga uringan ekan.

Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Toshkent transport prokuraturasiga yuborildi va hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Boshpochtampt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida poytaxtda faoliyat yurituvchi International postal and courier kuryerlik tashkiloti xodimlarining qing‘irliklari fosh qilindi.

Ushbu tashkilot orqali respublikaga keltirilgan 2,5 tonna og‘irlikdagi 46 ta pochta jo‘natmasini bojxona nazoratidan o‘tkazish davomida kuryerlik tashkiloti xodimlari Azzamov, Erkayev va Kozimov bojxona nazoratidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan 46 ta pochta jo‘natmasidan 36 tasini bojxona to‘lovlaridan bo‘yin tovlash maqsadida yashirishga harakat qildi.

Pochta jo‘natmalaridagi qiymati 87 million so‘mdan ortiq bo‘lgan turli tovar-moddiy boyliklarning respublika hududiga yashirincha olib kirilishiga chek qo‘yildi. Ushbu holat yuzasidan aybdor shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 182-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-08-2017, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют