» » Yeguliklarga bag‘ishlangan noodatiy muzeylar

Yeguliklarga bag‘ishlangan noodatiy muzeylar


Ko‘plab sayyohlar Parijdagi Luvrni, Nyu Yorkdagi metropolitenni, Milandagi Prado’ni tomosha qilishni istaydi. Biroq ushbu shaharlarda u qadar mashhur bo‘lmagan, ammo noodatiy va shirin muzeylar ham mavjud. “Forum Daily” shu kabi muzeylar ro‘yxatini to‘plab taqdim etdi.

Carpigiani Gelato — muzqaymoqlar muzeyi, Boloniya, Italiya

Ushbu muzeydan jelato disertini ishlab chiqaruvchi dastgohlar, yuzlab arxiv materiallari hamda videolar, masterklasslar va albatta ko‘plab muzqaymoqlar o‘rin olgan. Muzey 2012-yilda mashhur Carpigiani muzqaymoq kompaniyasining shtab-kvartirasida tashkil etilgan. Bu yerda siz nafaqat jelatoning tarixini, balki mahalliy kafelarda uni tatib ko‘rishingiz ham mumkin.

Massachusets — kuyib ketgan oziq-ovqat muzeyi, AQSh

Burnt Food Museum’ni yaratish g‘oyasi o‘tgan asrning 80-yillari oxirida musiqachi Debora Xenson-Konantdan chiqqan. U olmali sidrni isitishga qo‘yganida telefon jiringlab qolgan. Suhbat juda uzoq va qiziqarli o‘tgani sabab oshxonaga qaytgan Debora sidrga emas, o‘zi mustaqil tura oladigan qandaydir g‘alati narsaga duch keladi. Muzey faqatgina xususiy turlar uchun ochiq bo‘lib, 9 kishilik guruh 3500 dollar to‘lab 90 daqiqa aylanishi mumkin. Bu pul evaziga Grammy mukofoti sovrindori, muzey egasining shaxsan o‘zi sayohatchilarga elektr gitarada musiqa chalib beradi.

Blackfoot — Idaho Potato Museum kartoshkalar muzeyi, AQSh

Kartoshka shtati hisoblanuvchi Aydaxoda ushbu poliz mahsuloti XIX asrdan beri yetishtiriladi. 1988-yilda esa ushbu shtatda Kartoshka muzeyi ochilgan. U 1913-yilda Union Pacific Rail Road yo‘lidagi sobiq temir yo‘l deposi binosida joylashgan. Bu yerda kartoshkaga bog‘liq ulkan kolleksiyani, kartoshkali nonni va hatto kartoshkali muzqaymoqni ham uchratishingiz mumkin.

Deutsches Currywurst Museum — qovurilgan sosiskalar muzeyi, Berlin, Germaniya

Germaniyada “karrivurst” qovurilgan sosiskalari — Italiyadagi pitssalar kabi ahamiyatlidir. Ushbu yegulik Ikkinchi jahon urushidan so‘ng unchalik katta bo‘lmagan oshxona egasi Gerta Xoyver tomonidan o‘ylab topilgan. Hamma gap achchiq sousda: Britaniya kuchlarining ishg‘olidan so‘ng u ko‘plab achchiq ziravor hamda souslarga ega bo‘lgan va Gerta ularni ketchupga qo‘shgan. 1959-yilda Xoyver o‘z sousini patentlagan. Muzey 2009-yil 15-avgustda, ushbu taom paydo bo‘lganiga 60 yil to‘lishi munosabati bilan tashkil etilgan. 2011-yilda muzey dizayn sohasida bir nechta mukofotlarni qo‘lga kiritdi.

Beer Can Museum — pivo bankalari muzeyi, Massachusets, AQSh

Kolleksiya xususiy uyda joylashganligi sabab muzey bo‘ylab turlarga oldindan yozilib qo‘yish lozim. Pivo bankalari va boshqa buyumlarni yig‘ish Ikkinchi jahon urushidan oldin ham bo‘lgan hamda bir necha yillar davomida kolleksiya ko‘payib borgan.

Amsterdam Cheese Museum — pishloqlar muzeyi, Niderlandiya

Bu yerda golland pishlog‘ining ishlab chiqarilish tarixi haqida sizga so‘zlab berishadi, turli pishloq navlaridan tatib ko‘rish imkoniyati bo‘ladi va golland fermerining an’anaviy kiyimida suratga tushish mumkin.

Wyandot Popcorn Museum — popkorn muzeyi, Ogayo, AQSh

Amerikaliklar yiliga o‘rtacha 64 kilogramm popkorn iste’mol qiladi. Amerikaliklarning eng sevimli yeguligiga bag‘ishlangan muzeyda popkorn sotish uchun mo‘ljallangan tarixiy aravalar, uni ishlab chiqaruvchi mashinalar va boshqa ko‘plab buyumlarni uchratish mumkin. Tashrif buyuruvchilar tur so‘ngida bepul popkorn bilan mehmon qilinadi, bolalarga esa o‘z uylarida makkajo‘xorining mini-plantatsiyasini yaratishlari uchun makkajo‘xori donalari beriladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-08-2017, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют