» » “Yunayted” Nemanya Matichni “Chelsi”dan sotib oldi va uch yillik shartnoma tuzdi

“Yunayted” Nemanya Matichni “Chelsi”dan sotib oldi va uch yillik shartnoma tuzdi


Nemanya Matich faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettiradi. “Mankunianlar” rasmiy sayti serbiyalik futbolchi bilan uch yillik shartnoma imzolangani haqida rasman ma’lum qildi.

Taxminlarga ko‘ra, Matich “Yunayted” uchun 40 million funt-sterlingga tushgan. Bu borada “Chelsi” ham, “Yunayted” ham aniq raqam ko‘rsatmagan. Futbolchi bilan uch yillik kelishuv keyinroq yana bir yilga uzaytirilishi ham mumkin.

28 yoshli futbolchi “Chelsi” bilan aloqalarini 2009-yilda bog‘lagan bo‘lib, asosan boshqa klubda ijara asosida o‘ynadi va 2014-yilga kelibgina Londonga qaytib keldi. O‘tgan vaqt davomida u “Chelsi”ning 154 ta o‘yinida ishtirok etib, 7 ta gol urishga erishdi.

Futbolchining qayd etishicha, “Yunayted”ning taklifi unga Joze Mourinyoning klubda ekanidan kelib chiqib mos kelgan. U o‘z vaqtida aynan Mourinyo istagi bilan “Chelsi”ga qaytib kelgandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-08-2017, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют