» » Neymar nayrangi sabab “Barselona” Yevropa grandlarini “PSJ”ga qarshi birlashishga chorladi

Neymar nayrangi sabab “Barselona” Yevropa grandlarini “PSJ”ga qarshi birlashishga chorladi


Kataloniyaning “Barselona” klubi Yevropa grandlarini “PSJ”ga qarshi birlashishga chaqirishni boshladi. Bu haqda “Chempionat” Fransiyaning L’?quipe nashriga asoslanib ma’lumot berdi.

Boisi parijliklar Neymarni qo‘lga kiritish uchun nayrang ishlatishdan qaytmayapti. Bu bir qarashda risoladagidek ko‘rinsa-da, “Barselona” rahbariyati mavjud holatni futbolning bugungi qoidalari va etiketlariga zid deb hisoblaydi. Ispan grandi bu borada “Bavariya” hamda “Yuventus” rahbariyati bilan bog‘lanishga ulgurdi hamda ularning ijobiy javoblarini olishga erishdi. Voqealar rivoji shu taqlid davom etsa, Yevropaning top klublari “PSJ”ga qarshi katta kuchga aylanishi mumkin.

Gap shundaki, “PSJ” Neymarni “Barselona” belgilab qo‘ygan ko‘tarma puli — 222 million yevroga sotib olishga rozi. “Barselona” ham braziliyalik futbolchi ketish niyatida ekanini tushunib turibdi. Parijliklar chindan ham 222 million to‘lay olsa, Kataloniya klubi bunga qarshi hech narsa qila olmaydi.

Biroq parijliklar moliyaviy feyr-pley qoidalarini chetlab o‘tishga urinayotgani “Barselona” rahbariyatiga yoqmagan. Bunda fransiyaliklar, aniqrog‘i, Neymarni qo‘lga kiritishni istayotgan arab investorlari 222 million yevroni Neymarning qo‘liga tutqazishni niyat qilgan. Ya’ni, futbolchi o‘zining transferini “Barselona”dan o‘zi sotib oladi va erkin agentga aylanadi. “PSJ” esa sarf etilgan 222 million o‘rnini qanday qilib to‘ldirish haqida bosh qotirib o‘tirmaydi.

Bunda Neymarga taklif qilinayotgan pulni berishda ham puxta ishlangan rejani ko‘rish mumkin. Agar futbolchi “PSJ” bilan shartnoma imzolasa, bir vaqtning o‘zida Qatar Sports Investments bilan ham bitim tuzish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu bitim unga JCh—2022 elchisi bo‘lishga yordam beradi va evaziga Neymar 5 yil ichida 300 million yevro topadi. Bu har yili futbolchi qatarliklardan 60 milliondan olishini bildiradi. Parij klubi esa bunday katta chiqim qilishdan qutuladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-08-2017, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют