» » G‘ofurjon Muhamedov Chirchiq davlat pedagogika institutiga rektor etib tayinlandi

G‘ofurjon Muhamedov Chirchiq davlat pedagogika institutiga rektor etib tayinlandi


G‘ofurjon Muhamedov Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutiga rektor etib tayinlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-iyul kuni ushbu tayinlov haqidagi qarorni imzolagan. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligining Facebook’dagi sahifasiga asoslanib, Uz24 xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Prezidentning 27-iyuldagi qaroriga muvofiq tashkil etildi. Yangi OTMga 2017/2018-o‘quv yili uchun 750 ta qabul kvotalari ajratilib, institutga talabalar kontingentini Toshkent viloyatida doimiy yashayotgan Toshkent davlat pedagogika universiteti va boshqa turdosh oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirib, mazkur ta’lim muassasalariga belgilangan to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida o‘qishga qabul qilinmagan mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlari abituriyentlari hisobidan, Toshkent viloyati tumanlari ta’lim muassasalari ehtiyojlarini inobatga olgan holda shakllantirish belgilangan.

G‘ofurjon Muhamedov 2006-yildan 2015-yilning iyuligacha O‘zMU rektori sifatida faoliyat yuritgan. 2005—2006-yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti, 1997—2005-yillarda Jizzax davlat pedagogika institutiga rahbarlik qilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-08-2017, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют