» » Xitoylik biznesmen bir necha kun ichida 9 mlrd dollarga boyib ketdi

Xitoylik biznesmen bir necha kun ichida 9 mlrd dollarga boyib ketdi


Xitoyning eng yirik quruvchi kompaniyasi — Evergrande Group’ning aksiyalari ikki kun ichida 34 foizdan ko‘proq qimmatlashdi, deb yozadi Forbes.

Buning sharofati bilan kompaniya xo‘jayini Xuey Kanvanning davlati 27-iyul holatiga 8 milliard dollarga ko‘payib, 29,9 milliardni tashkil etdi. Kotirovkalar o‘sishda davom etmoqda va uning boyligi 31-iyul holatiga 30,9 milliard dollarga baholanmoqda. Bu shuni bildiradiki, 25-iyuldan beri u 9 milliard dollarga oshgan.

Shu tariqa, u hozirda Xitoydagi uchinchi eng boy odamga aylandi — birinchi va ikkinchi o‘rinlarni Alibaba asoschisi Jek Ma (36,2 milliard dollar) va Tencent telekommunikatsiya kompaniyasi asoschisi Ma Xuaten (35,4 milliard dollar) egallagan.

Evergrande Group 2017-yilning birinchi yarmida uning audit qilinmagan sof foydasi o‘tgan yilgidan uch karra ko‘proq bo‘lishini e’lon qilgach, developerning milliarderga tegishli aksiyalari narxi keskin ko‘tarilib ketdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-08-2017, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют