» » Alisher Sa’dullayev: “Bolajon” kanali dasturlarini yanada yaxshilash va boyitish kerak

Alisher Sa’dullayev: “Bolajon” kanali dasturlarini yanada yaxshilash va boyitish kerak


Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev Navoiy viloyati bo‘ylab safari davomida ota-onalarning yozgi ta’tilda bolalari bilan qanday ishlashi va ularni nimalar bilan band qilishlarini o‘rganish maqsadida oilalarga tashrif buyurdi, deb yozadi “Darakchi.uz”. O‘z ko‘rganlari bilan vazirning yosh o‘rinbosari Facebook’dagi sahifasi orqali o‘rtoqlashdi.

“Mo‘jazgina, kamtarin bir xonali “uyda” uch farzandli oilaning istiqomat qilayotganini ko‘rdik. Ular bu uyda vaqtinchalik yangi uy qurayotganligi tufayli yashayotganliklarini aytishdi. Men esa tabiiyki ishonmadim, bizning xalq juda ham andishali va sabrli xalq. Har narsani ham yuz betlab aytaverishmaydi! Shundan so‘ng, bolalar bilan suhbat qurdim. Oilaning katta farzandi (Aygerim ismli 11 yoshli qizcha) juda zehnli va zukko chiqib qoldi. Bor muammolarini birma-bir tap tortmay aytib berdi! Albatta Xalq ta’limi ham ota-onalarning farzandlari tarbiyasi bilan shug‘ullanishini juda xohlaydi, chunki namunali odob, xulq va fitratga, ota-ona tarbiyasi poydevor bo‘ladi! Afsuski, ko‘pchiligimiz ro‘zg‘or va boshqa tashvishlar bilan bo‘lib, eng muhim jihatni (farzand tarbiyasini) yoddan chiqaramiz. Shu masalada bu oilaga ham qo‘limizdan kelgancha yordam beraylik deb, yana tuman mutasaddilariga yuzlandik. Ularning aytishicha, tez kunda bu muammoni hal qilsa bo‘ladi. Hal qilamiz ham! Axir shu xalqimiz-ku bizni eng og‘ir kunimizda ham qo‘llab-quvvatlaydigan, sabr qiladigan va eng muhimi bizning xalqimiz hamisha umid bilan yashaydi! Nima bo‘lganda ham, yaxshilikka yo‘yishadi va kelajakka ishonib yashashadi. Balkim g‘alati tuyular mening bu ohangda yozishim yoki ko‘rgan-kechirganlarimni yoritib borishim, ammo bu odamlar shu kabi insonlarning bor-yo‘g‘i ikki yoki uch nafaridir! Biz birlashsak, bundan-da ko‘proq odamlarga yordam bera olamiz!”

Alisher Sa’dulayev bolalarning vaqtini unumli o‘tkazish borasida o‘zining quyidagi taklifini ilgari surdi:

“E’tibor bering, Aygerim televizor qarshisida sehrlanib qolganday o‘tiribdi. Ularning uyida zamonaviy gadjetlar bo‘lmasligi va hatto oddiy bir badiiy kitobni ham topolmasligingiz mumkin, lekin televizor bor! Aygerim “Bolajon” kanalini juda yaxshi ko‘rar ekan, bu menda ushbu kanal dasturlarini yanada yaxshilash va boyitish fikrini uyg‘otdi. Ota-ona bera olmayotgan bo‘shliqning oz qismini bo‘lsa-da shu oynaijahon orqali to‘ldira olarmiz!”

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-08-2017, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют