» » TATUda qo‘lga tushgan “formali zaychiklar” haqidagi xabarlardan so‘ng hujjatini qaytarib olgan abituriyentlar soni ko‘paygani ma’lum qilindi

TATUda qo‘lga tushgan “formali zaychiklar” haqidagi xabarlardan so‘ng hujjatini qaytarib olgan abituriyentlar soni ko‘paygani ma’lum qilindi


Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 5-iyul kuni qo‘lga tushgan “formali zaychiklar” haqidagi xabar 1-avgust kuni bo‘lib o‘tgan test imtihonlaridagi qoidabuzarlar sonini keskin kamaytirdi. Bu haqda TATU qabul komissiyasi mas’ul kotibi Dilmurod Davronbekov “Gazeta.uz”ga ma’lum qildi.

Davronbekovning so‘zlariga ko‘ra, TATUning maxsus fakultetiga o‘qishga kirish bo‘yicha 5-iyul kuni bo‘lib o‘tgan test imtihonlari vaqtida biometrik nazorat tizimi imkoniyatlari sinab ko‘rilgan.

Uning natijasida qo‘lga tushgan 16 “zaychik” haqidagi xabarlar qonunga zid yo‘l bilan o‘qishga kirish niyatida bo‘lganlarni hushyor qilgan.

Mavzuga doir: Toshkent axborot texnologiyalari universitetida forma kiygan “zaychiklar” qo‘lga tushdi

“‘Formali zaychiklar’ haqida OAVda chiqqan xabarlardan so‘ng, hujjatlarini qabul komissiyasidan qaytarib olgan abituriyentlar soni tabiiy ravishda oshib, kamida 50 taga yetdi”, — deydi Davronbekov.

Avvalroq TATUda 1-avgust kuni bo‘lib o‘tgan test imtihonlari davomida abituriyentlar kirishini biometrik nazorat qilish tizimi o‘zining samarador ekanini ko‘rsatgani haqida xabar berilgan edi. Xususan, universitetning bosh binosida imtihon topshirgan 5000 abituriyentdan kamida ikkitasi tizimni aldashga uringan vaqti qo‘lga tushgan.

Mavzuga doir: Toshkent axborot texnologiyalari universitetidagi test imtihonlari — “Daryo” fotoreportajida

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-08-2017, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют