» » Samarqand shahridagi foydalanilmayotgan masjidlar tadbirkorlarga ijaraga beriladi

Samarqand shahridagi foydalanilmayotgan masjidlar tadbirkorlarga ijaraga beriladi


O‘zbekiston Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi foydalanilmayotgan moddiy madaniy meros obyektlarini ularda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun investorlarga taklif etadi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.

Vazirlar Mahkamasining “2017—2019-yillarda Samarqand shahri va Samarqand viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida foydalanilmayotgan moddiy madaniy meros obyektlarini ularda savdo, mehmonxona, ko‘ngilochar va turizm sohasining boshqa obyektlarini barpo qilish uchun investorlarga berish ishlarini faollashtirish ko‘zda tutilgan.

Obyektlar Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq ijaraga beriladi.

Davlat qo‘mitasi saytida ijaraga beriladigan madaniy meros obyektlari (masjidlar) ro‘yxati keltirilgan. Ularning bari Samarqand shahrida joylashgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-08-2017, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют