» » 1-yarim yillikda O‘zbekiston davlat budjeti profitsiti 108,2 mlrd so‘mni tashkil qildi

1-yarim yillikda O‘zbekiston davlat budjeti profitsiti 108,2 mlrd so‘mni tashkil qildi


2017-yilning 1-yarim yilligi yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston davlat budjeti profitsiti 108,2 milliard so‘mni tashkil qildi. Bu haqda, moliya vazirligiga tayanib, UzDaily xabar bermoqda.

Yanvar–iyul oylarida budjet daromadi 22,46 trillion so‘mdan, buromadi esa 22,35 trillion so‘mdan oshdi.

11,86 trillion so‘m atrofidagi daromad nisbiy soliqlardan, 5,53 trillion so‘m — to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliqlardan hamda 2,81 trillion so‘m resurs to‘lovlari va mol-mulk solig‘idan tushdi.

Ijtimoiy soha va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari 12,414 trillion so‘mni, iqtisodiyot xarajatlari 2,23 trillion so‘mni hamda markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari 1,305 trillion so‘mni tashkil qildi.

Davlat hokimiyati, boshqaruvi organlari hamda sudlar, o‘zi o‘zi boshqarish organlarini ta’minlash xarajatlari 1,075 trillion so‘mni, qolgan xarajatlar 5,31 trillion so‘mni tashkil qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-08-2017, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют