» » Saidkamol Xo‘jayev Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimini tark etdi

Saidkamol Xo‘jayev Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimini tark etdi


Prezidentning 1-avgustdagi farmoniga muvofiq Saidkamol Saidkarimovich Xo‘jayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Markaziy bank raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda davlat rahbarining saytida ma’lum qilindi, deb xabar beradi Uz24.

Saidkamol Xo‘jayev o‘tgan yilning mart oyidan buyon mazkur lavozimda faoliyat yuritib kelayotgandi.

U “Agrobank” raisi lavozimini egallaydi. Bankning avvalgi rahbari Abduvahob Tamikayev Zangiota tumaniga hokim etib tayinlandi.

Xo‘jayev bank tizimidagi faoliyatini 1997-yilda oddiy mutaxassislikdan boshlagan. 2003-yili Toshkent moliya institutining bank ishi fakultetini tamomlagan. 2007-yili Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan. 2014-yilning dekabridan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi vazifasida ishlagan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-08-2017, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют