» » Si Szinpin “Xitoy o‘z hududini hech kimga berib qo‘ymasligi”ni bildirdi

Si Szinpin “Xitoy o‘z hududini hech kimga berib qo‘ymasligi”ni bildirdi


Xitoy hech kimga o‘z hududidan biron bir joyni ajratib olishga yo‘l qo‘ymaydi va o‘z suverenitetiga putur yetkazilishiga toqat qilmaydi. Bu haqda Xitoy armiyasi tashkil topganining 90 yilligiga bag‘ishlangan tantanli yig‘ilishda mamlakat rahbari Si Szinpin ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Biz hech bir kishi, tashkilot yoki partiyaga qaysidir payt yoki qaysidir shaklda Xitoydan hududining biron bir qismini ajratib olishiga yo‘l qo‘ymaymiz”, — ta’kidladi Si Szinpin.

Si Szinpinga ko‘ra, Xitoy xalqi tinchlikni yaxshi ko‘radi. Hech qachon tajovuz yoki bosqinchilik tashabbuskori bo‘lmaydi, biroq har qanday hujumni qat’iy bartaraf etadi.

“Hech kim suverenitetimiz, xavfsizlik va taraqqiyot manfaatlari putur yetkazadigan holatlariga toqat etishimizga umid qilmasin”, — ta’kidladi Xitoy rahbari.

Ma’lumot uchun, Xitoy va Hindiston chegarasida o‘tgan oy boshidan beri vaziyat murakkabligicha qolmoqda. 8-iyulda ikki davlat askarlari o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi va ikki tomondan ham jabrlanganlar bo‘ldi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-08-2017, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют