» » Misr qozog‘istonlik olti talabani deportatsiya qildi

Misr qozog‘istonlik olti talabani deportatsiya qildi


Misr milliy xavfsizlik xizmati avvalroq qo‘lga olingan olti nafar qozog‘istonlik talabani o‘z vataniga deportatsiya qilishga qaror qildi, deb yozadi “Interfaks” Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Anvar Jaynakovga tayanib.

“Hozirgina qozog‘istonlik diplomatlar hamrohligida mamlakatimizning olti nafar yosh fuqarolarini Qozog‘istonga qaytarib yuborish uchun Qohira aeroportiga keltirishdi”, — deb yozdi Jaynakov o‘z Facebook’ida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 1-avgust kuni kechqurun Misr milliy xavfsizlik xizmati vakillari Qozog‘iston elchixonasi bilan bog‘lanib, qozog‘istonliklar deportatsiya qilinishi haqida xabar bergan.

Jaynakov qozog‘istonliklarning Misrda hibsga olingani sababi hozircha oshkor etilmayotganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Misrga til kurslarida o‘qish uchun ketgan olti nafar qozog‘istonlik talaba u yerda yo‘qolib qolgani xabar berilgan edi. Keyinroq ular Misr milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olingani ma’lum bo‘ldi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-08-2017, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют