» » Armaniston politsiyasi motam marosimida to‘rt kishini o‘ldirgan kimsaning shaxsini aniqladi

Armaniston politsiyasi motam marosimida to‘rt kishini o‘ldirgan kimsaning shaxsini aniqladi


Armaniston politsiyachilari Aragatsotn viloyatidagi motam marosimida otishma uyushtirib, to‘rt kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan kishining shaxsini aniqladi, deb yozadi “Interfaks” respublika politsiyasi matbuot xizmatiga tayanib.

Hujumda 50 yoshli Telman Kalashyan ayblanmoqda, uni politsiya qidirmoqda.

1-avgust, seshanba kuni noma’lum shaxs Shamiram qishlog‘idagi qabriston hududida joylashgan motam marosimlari zaliga bostirib kirib, mehmonlarni otib tashladi. Hujum oqibatida uch kishi voqea joyida halok bo‘ldi, besh kishi yaralandi. Keyinroq ulardan biri kasalxonada vafot etdi.

“Sayga” ov miltig‘i bilan qurollangan shaxs qochib qoldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyat maishiy sabablarga ko‘ra amalga oshirilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-08-2017, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют