» » Hindistonda fil va yo‘lbarslarning hujumi oqibatida kuniga o‘rtacha bitta odam halok bo‘lmoqda

Hindistonda fil va yo‘lbarslarning hujumi oqibatida kuniga o‘rtacha bitta odam halok bo‘lmoqda


Inson faoliyatining ta’siri sabab tabiiy sharoitda yashaydigan yovvoyi hayvonlar, jumladan, fil hamda yo‘lbarslarning noyob turlari kamayib ketmoqda. Hindistonda aynan shu hayvonlarning odamlarga hujum qilishi kabi noxush hodisalar keskin ortmoqda. Bu haqda mahalliy OAVga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Hindiston hukumatining ma’lumotlariga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab fil hamda yo‘lbarslarning hujumi oqibatida kuniga o‘rtacha bitta odam halok bo‘lmoqda. O‘z navbatida odamlar tomonidan ham kuniga o‘rtacha bitta qoplon o‘ldirilishi ma’lum bo‘lgan. Bundan tashqari mamlakat hududida yashaydigan fil va yo‘lbarslarning noyob turlari tobora brakonyerlar nishoniga aylanmoqda.

O‘tgan o‘n yil ichida Hindistondagi o‘rmonlarning faol tarzda yo‘q qilinishi va urbanizatsiya sabab yovvoyi hayvonlarning yashash muhiti qisqarib ketdi. Buning oqibatida hayvonlar odamlar yashaydigan hududlarga chiqishga majbur bo‘lmoqda. Bu esa o‘z navbatida tez-tez to‘qnashuvlar hamda hujumlarni yuzaga keltirmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-08-2017, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют