» » Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri: 1-avgustdagi test imtihonlari natijalari 10—12 kunda e’lon qilinsa kerak

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri: 1-avgustdagi test imtihonlari natijalari 10—12 kunda e’lon qilinsa kerak


Xalqaro press-klubning 2-avgust kuni bo‘lib o‘tgan anjumanida ishtirok etgan O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov mamlakat oliy ta’lim muassasalarida 1-avgust kuni bo‘lib o‘tgan test imtihonlarining natijalari qachon e’lon qilinishi haqidagi savolga javob qaytardi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, test imtihonlarining natijalarining e’lon qilinishi muddati avvalgi yillardan katta farq qilmaydi. “10—12 kunda e’lon qilinsa kerak”, — dedi vazir.

O‘z navbatida, Press-klub raisi Sherzodxon Qudratxo‘jayev so‘nggi yillarda test natijalarining e’lon qilinishi 10—12 kundan ko‘proqqa cho‘zilayotganini eslatib o‘tdi. Vazir bu holatda deyarli hamma narsa Davlat test markazining texnik imkoniyatlariga bog‘liq ekanini ta’kidladi.

Test natijalarining e’lon qilinishi to‘liq Davlat test markazining imkoniyatlariga bog‘liq. 730 mingdan ziyod abituriyentning testlari tekshirib chiqiladi. Bu jarayonlarning bari avtomatlashtirilgan, DTM texnikalari tunu-kun ishlab turibdi. Javoblar aynan qachon e’lon qilinishi borasida aniq bir narsa deya olmayman, 10—12 kunda e’lon qilinsa kerak.

Inomjon Majidov, O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

Eslatib o‘tamiz, 2016-yilgi test imtihonlarining javoblari 20-avgust kuni e’lon qilingan edi.

Mavzuga doir: 2013—2015 yillarda OTMlarga kirish test imtihonlari natijalari qachon e’lon qilingan?

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (2-08-2017, 13:57)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют