WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » PSA Group GM’ning Yevropadagi biznesi xaridini yakunladi
PSA Group GM’ning Yevropadagi biznesi xaridini yakunladi
PSA Group (Peugeot Citroen Automobiles, Fransiya) General Motors’ning Opel va Vauxhall brendlarini o‘z ichiga oluvchi Yevropadagi biznesi xaridini yakunladi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Aktivlar qiymati tegishli ravishda 1,3 milliard va 0,9 milliard yevro baholanmoqda.
Opel va Vauxhall xarididan so‘ng PSA bozordagi 17 foiz ulush bilan Yevropadagi ikkinchi avto ishlab chiqaruvchiga aylanadi.
Kelishuv Opel/Vauxhall brendlari, 6 avtomobil zavodi va ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi 5 korxona, Ryusselxaymdagi (Germaniya) muhandislik markazi va 40 mingga yaqin xodimni o‘z ichiga oladi.
GM o‘ziga Turindagi (Italiya) muhandislik markazini qoldirdi, xolos.
“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?