» » Qotil-qo‘ziqorinlar Yer sayyorasi tarixidagi eng ulkan organizmlar deb topildi

Qotil-qo‘ziqorinlar Yer sayyorasi tarixidagi eng ulkan organizmlar deb topildi


Xalqaro olimlar guruhi qo‘ziqorinlarni daraxtlarning “seriyali qotiliga” aylantiruvchi maxsus DNKsi mavjudligini aniqladi. Ushbu genlar qo‘ziqorinlar ulkan o‘lchamga qadar o‘sishiga yordam beradi. Yerdagi eng katta organizm Armillaria ostoyae zamburug‘i hisoblanadi. Ushbu qo‘ziqorin Amerikaning Oregon shtatidagi Malur o‘rmon qo‘riqxonasida o‘sadi. Olimlarning taqdiqot natijalari bioRxiv’da e’lon qilindi.

Mitseliy qo‘ziqorinning yer ostidagi qismi bo‘lib, uning ko‘rinishi tarvaqaylab ketgan ingichka ipli to‘rga o‘xshaydi. Oregondagi Armillaria ostoyae mitseliysi alohida guruh emas, balki 600 tonna og‘irlikka ega bitta organizm hisoblanadi va u 8,4 kvadrat metr joyni egallagan. Olimlar ushbu tirik organizmning yoshi ikki ming yildan ortiq deya hisoblamoqda.

Olimlar Armillaria nima sababdan bu kabi noyob va muvaffaqiyatli ekanligini aniqlash maqsadida turli qo‘ziqorinlarning genlarini tahlil qilib, ularning kelib chiqishi va evolutsion rivojlanishini aniqladi. Ular A. ostoyae, A. cepistipes, A. gallica va A. solidipes kabi turlarning DNKlarini o‘zaro taqqoslab ko‘rishdi. Aniqlanishicha, zamburug‘lar uchun genomning sezilarli ortishi maxsus genlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Bu esa o‘z navbatida patogen qo‘ziqorinlarning paydo bo‘lishiga olib kelgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-08-2017, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют